Expert Pro kompaniyasi Sizga tashkilotda axborot xavfsizligini boshqarishga majmui yondashuvni ta’minlashda ko’maklashishga yo’naltirilgan axborot xavfsizligi texnik vositalarini joriy qilishda yordam berishga tayyor.
Bugungi kunda kiberxavfsizlik qarorlari doirasi juda keng. Ushbu qarorlarni yo’nalishlar bo’yicha tashqi va ichki himoya vositalariga ajratish mumkin.
Tashqi himoya vositalariga quyidagilar tegishli:
- tarmoq konturini himoya qilish uchun Next-generation firewall;
- veb-ilovalarni himoya qilish uchun Web application firewall;
- tizimdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun Application load balancing;
- elektron pochtani himoya qilish uchun Email firewall.
Ichki himoya vositalariga quyidagilar tegishli:
- zaif joylarni tahlil qilish, aniqlash va boshqarish uchun Vulnerability management;
- Sizning ichki tarmog’ingizdagi faollik monitoringini o’tkazish uchun Network operations management;
- foydalanuvchilarni ishonchli identifikasiyalash va tashkilotning ichki tizimlariga kirishlarni boshqarish uchun Identity and access management;
- axborot xavfsizligini boshqarish tizimi ma’lumotlarini himoya qilish va maxfiy ma’lumotlardan foydalanish auditi uchun Database protection and monitoring;
- axborot xavfsizligi hodisalarini birlashtirish va markazlashgan tartibda tahlil qilish uchun Security information and event management;
- ichki axborotga kirish imkoniyatiga ega mobil qurilmalarni boshqarish uchun Mobile device management;
- ishchi stansiyalarni, mobil qurilmalar va serverlarni turli xususiyatli tahdidlardan, shu jumladan fishing xatlari, viruslar, noxush ilovalar va boshqa xavf-xatarlardan himoya qilish uchun Endpoint detection and response;
- imtiyozli foydalanuvchilarning (ushbu toifa tizimlar administratorlari, mahsulotlarni ishlab chiquvchilar, departamentlar menedjerlari, tashkilotga raqamli xizmatlarni taqdim qiladigan uchinchi shaxslarni o’z ichiga oladi) tashkilot axborot tizimlariga kirishini nazorat qilish uchun Privileged access management;
- maxfiy axborot oshkor bo’lishi oldini olish uchun Data leak prevention;
- IT-aktivlarni inventarizasiyalash uchun Asset inventory;
- Sizning ilovalaringizni obro’sizlantirilgan kod mavjudligi yoki oldin aniqlangan zaif joylar yuzasidan tahlil qilish uchun Static code analysis;
- veb-ilovalarni zaif joylar yuzasidan skanirlash uchun Web application scanning.
Expert Pro kompaniyasi mutaxassislari ham ichki, ham tashqi kiberxavfsizlik vositalarini joriy qilishni amalga oshirishga tayyor. Kiberxavfsizlik vositalari malakali xizmat ko’rsatilishini ham talab qiladi. Agar Siz O’zbekiston bozorida ishonchli IT-mutaxassislarini izlayotgan bo’lsangiz, kiberxavfsizlik vositalari boshqaruvini professionallarga dadil topshirish uchun Expert Pro jamoasiga murojaat qiling.