+998 78 147 00 37

Maxfiy axborotga ega bo’lgan yoki u bilan ishlaydigan shaxslarning xabardorlik darajasi axborot xavfsizligining eng muhim sohalaridan biri hisoblanadi.

Sizning xodimlaringiz uzatiladigan axborot maxfiyligi to’g’risida xabardormi?

Axborot xavfsizligi biz nimani va nimadan himoya qilishimizni tushunishdan boshlanadi. Ushbu tushuncha asosida reglamentlar va tartib-taomillar tuziladi, ular Axborot xavfsizligi siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi, ushbu Siyosatda tashkilotda axborotni himoya qilish asosiy usullari belgilanadi. Siyosatda tartibga solinadigan axborot xavfsizligi tartib-taomillari va jarayonlari Tashkilotlarga inson omili bilan bog’liq noxush hodisalar yuzaga kelish ehtimolini qisqartirish, Tashkilotdagi ma’lumotlar xavfsizligiga yo’naltirilgan madaniyatni oshirishga, shuningdek axborotni himoyalash texnik usullarini belgilash imkonini beradi.

Suib-bu axborot xavfsizligini boshqarish tizimi. Bu tashkilotning axborot tizimlarida ma’lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, protseduralar va vositalar to’plamidir. Axborot xavfsizligini boshqarish tizimining muhim qismi axborot xavfsizligi siyosatini belgilash, zaifliklarni aniqlash, tegishli axborot xavfsizligi choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek xodimlarni axborot xavfsizligi masalalariga o’rgatishdir.

Suib shuningdek monitoring jarayonlarini, axborot xavfsizligi hodisalarini tahlil qilishni va himoya tizimini doimiy ravishda takomillashtirishni o’z ichiga oladi. Axborot xavfsizligini boshqarishning samarali tizimi tashkilot ichidagi axborot xavfsizligini buzish xavfini minimallashtirishga yordam beradi va ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi Qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlaydi.

Expert Pro tajribasi Sizga regulyatorlar talablariga va xalqaro amaliyotlarga muvofiq quyidagi kabi axborot xavfsizligini boshqarish tizimini ishlab chiqishda yordam berishi mumkin:

Shuni ham qayd etish kerakki, oddiy qog’ozda axborot xavfsizligini boshqarish tizimi mavjudligi axborot xavfsizligining yuqori darajasini kafolatlamaydi. To’laqonli faoliyat yuritishi uchun tegishli texnik vositalar bilan ta’minlash, jarayonlarni yo’lga qo’yish va xodimlar xabardorligini doimiy ravishda oshirib borish talab qilinadi, bu borada ham bizning jamoamiz yordam berishi mumkin.

Axborot xavfsizligini boshqarish tizimini joriy qilish – Sizning axborotingiz maxfiyligi va butunligi ishonchli himoya qilinishini ta’minlashda muhim bosqich. Ushbu jarayon tashkilotingizga axborot xavfsizligi bilan bog’liq xavf-xatarlarni samarali boshqarishga hamda tahdidlar va qonun buzilishlari yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi.

Bosqichlar:

Muhim axborotni tegishli himoyasiz qoldirmang. O’z tashkilotingizda xavf-xatarlardan va axborot xavfsizligi buzilishlaridan ishonchli himoyani ta’minlash uchun bizga bugun murojaat qiling va axborot xavfsizligini boshqarish tizimini joriy qilishni boshlang.

Обращайтесь к экспертам: мы работаем по всему Узбекистану.

Telefon

(+998) 78 147-00-37

Email

info@expertpro.uz

Manzil

Toshkent sh., Kiyot mavzesi, Amir Temur ko’chasi, 46A.

Axborot xavfsizligi bo’yicha amalga oshirilgan loyihalar:

Himoyalangan: Axborot xavfsizligini tekshirish va zaif joylar yuzasidan skanirlash
Himoyalangan: Axborot xavfsizligini tekshirish, axborot xavfsizligini boshqarish tizimi hujjatlari va jarayonlarini ishlab chiqish
Himoyalangan: IT-infratuzilmasini texnik qo’llab-quvvatlash.