+998 78 147 00 37

Sizning avtomobilingiz xizmat ko’rsatishga qanchalik ehtiyoj sezsa, infratuzilma ham vaqti-vaqti bilan malakali xizmat ko’rsatishga shunchalik ehtiyoj sezadi.

IT-infratuzilmasi ma’lumotlar butunligi va ulardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. Axborotning tegishlicha saqlanishi uchun Sizning infratuzilmangizni texnik qo’llab-quvvatlash bilan shug’ullanadigan xodim professional va bilim-mahoratli bo’lishi kerak.

Expert Pro kompaniyasi texnik mutaxassislari jamoasi ITSM-amaliyotlariga muvofiq IT-infratuzilmasi (yoki uning qismlari) yuqori professional texnik qo’llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.

Biz quyidagi professional xizmat ko’rsatishni ta’minlashimiz mumkin:

Texnik qo’llab-quvvatlash xizmatlarimiz quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Vaqti-vaqti bilan reglament-profilaktik ishlar. Mutaxassislarimiz eng kamida oyiga 1 marta tizimlar tekshiruvini o’tkazadilar. Profilaktik ishlar natijasida IT-infratuzilmasi ishidagi nosozliklarni oldindan aniqlashga va noxush hodisalar yuzaga kelish ehtimolidan saqlanish uchun o’z vaqtida e’tibor qaratishga erishiladi.
  • So’rovnoma bo’yicha xizmat ko’rsatish. Kerakli o’zgartirishlar kiritish uchun xizmat qiladi. Ishlar Buyurtmachi tashabbusiga binoan ham, profilaktik ishlar natijasida ham amalga oshirilishi mumkin.
  • Noxush hodisalarni hal qilish. Noxush hodisalarni hal qilish – texnik qo’llab-quvvatlash asosi hisoblanadi. Ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatiga yoki ular butunligiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan har qanday hodisalar biz tomonimizdan 24x7x365 rejimida eng yuqori ustuvorlik bilan bartaraf qilinadi.

Xizmatlar ijrosidan oldin biz xizmat ko’rsatiladigan kichik tizimlarning asosiy tekshiruvini o’tkazamiz va infratuzilma ishini takomillashtirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqamiz.

Bundan tashqari, uskunaga texnik qo’llab-quvvatlash xizmatlarimiz kafolat muddatidan so’ng xizmat ko’rsatish funksiyalari bizga o’tkazilishigacha kengaytirilishi mumkin. Kafolat muddatidan so’ng xizmat ko’rsatish doirasida biz SLAga muvofiq ishdan chiqqan apparat tarkibiy qismlari operativ almashtirilishini ta’minlashimiz mumkin. Texnik qo’llab-quvvatlash doirasida Siz bizga o’z IT-infratuzilmangizning ham to’liq, ham qisman boshqaruvini o’tkazasiz va bizga ishonib topshirilgan kichik tizimlar tegishlicha saqlanishiga ishonchingiz komil bo’lishi mumkin.

Xizmatlar darajasi to’g’risida bitim (SLA)

Yuqori darajali servisni kafolatlaymiz va unga rioya qilamiz

Biz uchun SLA ko’rsatilayotgan xizmatlar darajasini ob’ektiv baholash imkonini beradigan eng muhim mezon hisoblanadi. Biz albatta xizmatlar darajasi to’g’risida bitimni imzolaymiz va 24x7x365 rejimida o’z vaqtida e’tibor qaratilishini ta’minlashga tayyormiz.

Biz faol xizmatlar tomon harakat qilmoqdamiz va tez orada Sizga texnik qo’llab-quvvatlash yangi imkoniyatlarini taqdim qilamiz.

Обращайтесь к экспертам: мы работаем по всему Узбекистану.

Telefon

(+998) 78 147-00-37

Email

info@expertpro.uz

Manzil

Toshkent sh., Kiyot mavzesi, Amir Temur ko’chasi, 46A.

IT yo’nalishi bo’yicha amalga oshirilgan loyihalar:

Himoyalangan: O’zbekiston Respublikasi hududida IT-infratuzilmasining nosoz tarkibiy qismlari operativ malakali almashtirilishini ta’minlash.
Himoyalangan: O’zbekiston Respublikasi “Milliy geo-axborot tizimi” taqsimlangan falokatga chidamli infratuzilmani qurish.
Himoyalangan: Gibridlangan IT-infratuzilmasini kengaytirilgan texnik qo’llab-quvvatlash.