+998 78 147 00 37

Xavfsizlik – bu yakuniy nuqta emas, balki jarayon.

Ushbu jarayon adekvat faoliyat yuritishi va axborot xavfsizligi ta’minlanishi uchun nafaqat texnik vositalar, balki tashkiliy chora-tadbirlar bilan ham ta’minlanishi kerak.

Axborot xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish jarayoni faoliyatning puxta tahlil qilinishini va biznesning zaif tomonlari aniqlanishini talab qiladi. Axborot xavfsizligini boshqarish masalalariga majmui yondashuvdan foydalanilgan holda, biz o’z Buyurtmachilarimizga axborot xavfsizligi sohasidagi eng yaxshi amaliyotlar asosida biznes majmui himoyasini loyihalashtirish bo’yicha xizmatlar taklif qilamiz.

Mavjud axborot xavfsizligini boshqarish tizimiga tayangan holda, biz har bir biznes uchun alohida qarorlar va tavsiyalar taqdim qilamiz. Loyihalash natijalari maxfiyligi va qo’llaniladigan axborotni himoyalash vositalarining adekvat ish qobiliyati uchun javobgar bo’lamiz.

Agar Sizdagi xavfsizlik tizimining zamonaviy talablarga va eng yaxshi amaliyotlarga muvofiqligiga shubha qilsangiz, bizga axborot xavfsizligini boshqarish tizimini tekshirish uchun murojaat qiling. Ushbu xizmat tashkiliy chora-tadbirlar va jarayonlar auditini, texnik vositalar yetarliligi tekshiruvini va axborot himoyalanganligi baholanishini o’z ichiga oladi.

Tizim loyihalashtirilganidan so’ng, Sizning umidlaringizni to’g’ri rasmiylashtirish, texnik vazifani ishlab chiqish vaqti keladi. Biz axborot xavfsizligi infratuzilmasini qurish uchun texnik vazifani ishlab chiqishda ham yordam beramiz.

Biz butun O’zbekiston bo’ylab va MDH mamlakatlarida (Qirg’iziston, Tojikiston, Ozarbayjon), shuningdek Gruziya va Turkmanistonda faoliyat olib boramiz.

Обращайтесь к экспертам: мы работаем по всему Узбекистану.

Telefon

(+998) 78 147-00-37

Email

info@expertpro.uz

Manzil

Toshkent sh., Kiyot mavzesi, Amir Temur ko’chasi, 46A.

Axborot xavfsizligi bo’yicha amalga oshirilgan loyihalar:

Himoyalangan: Axborot xavfsizligini tekshirish va zaif joylar yuzasidan skanirlash
Himoyalangan: Axborot xavfsizligini tekshirish va zaif joylar yuzasidan skanirlash
Himoyalangan: IT-infratuzilmasini texnik qo’llab-quvvatlash.