Axborot xavfsizligini majmui tekshirish Sizga kompaniya IT-infratuzilmasi himoyalanganligi joriy darajasini har tomonlama baholash imkonini beradi.
Axborot xavfsizligini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Axborot xavfsizligining mavjud siyosatini, shu jumladan axborot xavfsizligi bilan bog’liq reglamentlarni, shuningdek ular ijrosini tekshirish;
- Axborot xavfsizligini boshqarish tizimi faoliyatini ta’minlash uchun qo’llaniladigan texnik vositalar yetarliligini baholash;
- Axborotni himoyalash vositalarini sozlash optimalligini tekshirish;
- Tizimning zaif joylari va noto’g’ri konfigurasiyalari mavjudligi yuzasidan infratuzilmani ichki skanirlash.
Siz nima olasiz?
Axborot xavfsizligini boshqarish tizimining joriy holati to’g’risida hisobot va axborot xavfsizligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar.
Axborot xavfsizligini boshqarish tizimini tekshirish tashkilotingiz himoyalanganligi darajasini majmui baholash va axborot xavfsizligini boshqarish tizimini yanada rivojlantirish kerakligi to’g’risida qaror qabul qilish imkonini beradi.
Suib-bu axborot xavfsizligini boshqarish tizimi. Bu tashkilotning axborot tizimlarida ma’lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, protseduralar va vositalar to’plamidir. Axborot xavfsizligini boshqarish tizimining muhim qismi axborot xavfsizligi siyosatini belgilash, zaifliklarni aniqlash, tegishli axborot xavfsizligi choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek xodimlarni axborot xavfsizligi masalalariga o’rgatishdir.
Suib shuningdek monitoring jarayonlarini, axborot xavfsizligi hodisalarini tahlil qilishni va himoya tizimini doimiy ravishda takomillashtirishni o’z ichiga oladi. Axborot xavfsizligini boshqarishning samarali tizimi tashkilot ichidagi axborot xavfsizligini buzish xavfini minimallashtirishga yordam beradi va ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi Qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlaydi.