Nima bilan shug’ullanadi?:
- Buyurtmachilar IT-infratuzilmasining himoyalanganlik holatini tekshirish va tahlil qilish;
- Axborot xavfsizligi zaif joylarini izlash va tahlil qilish;
- Axborotni himoyalash tizimlarini joriy qilish bo’yicha loyihalarda ishtirok qilish;
- Buyurtmachilarga axborotni himoyalash tizimlari samarali qo’llanishi bo’yicha konsultasiyalar berish (joriy tizimlar sozlanishlarini o’zgartirish, yangi tizimlarni joriy qilish);
- Axborotni himoyalash tizimini boshqarish, axborot xavfsizligi noxush hodisalari monitoringini o’tkazish va tekshirish;
- Tashkiliy va texnik hujjatlarni (siyosatlar, reglamentlar, yo’riqnomalar, tavsiyalar) ishlab chiqishda ishtirok qilish;
- Axborot xavfsizligi yo’nalishi bo’yicha konsultasiya xizmatlarida ishtirok qilish;
- Axborot xavfsizligi sohasida yangi xizmatlarni rivojlantirishda va ilgari surishda ishtirok qilish.
Bizga qanday kasbiy malakalar muhim?:
- Oliy texnik ma’lumot, axborot xavfsizligi sohasida bilim yoki axborot xavfsizligi sohasida 3 yil va undan ko’proq muddat ish tajribasi maqsadga muvofiq;
- Axborot texnologiyalari xavfsizligi sohasida keng dunyoqarash;
- Kiberhujumlar o’tkazish usullari va ularga reaksiya bildirish ssenariylarini tushunish, himoya choralarini tuzish tamoyillarini tushunish;
- IT-infratuzilmasi, axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash tamoyillari va texnologiyalarini bilish;
- IT-infratuzilmasi axborotni himoyalash vositalari qo’llanishi sohasida bilim va ulardan ayrimlari bilan ishlash amaliy tajribasi;
- Korporativ axborot texnologiyalari zanjirini (tarmoq, virtualizasiya, OS, web, ma’lumotlar bazalari) tushunish;
- Tarmoq xavfsizligi texnologiyalarida ekspert bilimlar (FIREWALL, VPN, IPS/IDS va h.k.);
- Tarmoq trafigini tahlil qilish uchun vositalar bilan ishlash tajribasi;
- Ingliz tilini o’qish darajasida bilish shart.
Agar biz bir-birimizga to’g’ri kelsak – Sizni quyidagilar kutadi:
- Kompaniyada xodimlarga adekvat munosabat va ishonchli moliyalash bilan ishlash, ahil jamoa;
- Treninglar va o’quv kurslari, professional konferensiyalar va korporativ tadbirlarda ishtirok qilish;
- O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan rasmiylashtirish;
- Ish jadvali 5/2;
- Shahar markazida ofis.