Nima bilan shug’ullanadi?:
- Joriy IT-infratuzilmasini boshqarish, qo’llab-quvvatlash va optimallash;
- Windows Server (2003/2008/2012/latest, AD, DNS, DHSP) tizimlarini boshqarish;
- Kompaniya IT-infratuzilmasidagi muammolarni (noxush hodisalarni) aniqlash va hal qilish;
- Axborotdan zaxira nusxa ko’chirish tizimini boshqarish (Windows Backup, Veeam va Opensource);
- Virtualizasiya tizimlarini boshqarish (VMware, Proxmox, Opensource);
- HPE, Lenovo, Dell, IBM server uskunalarini o’rnatish va sozlash;
- Buyurtmachilar vakillari bilan texnik masalalar bo’yicha muzokaralar olib borish;
- Buyurtmachilar tomonida loyiha ishlarini bajarish;
- Yakka tartibda rivojlanish rejasiga asosan yangi axborot texnologiyalarini, mahsulotlarini, qarorlarini o’rganish va o’zlashtirish (imtihonlar, vebinarlar, seminarlar va h.k.).
Bizga qanday kasbiy malakalar muhim?:
- Texnik qo’llab-quvvatlashda ish tajribasi (maqsadga muvofiq);
- Tarmoq texnologiyalari bo’yicha asosiy tushuncha;
- Windows/Linux lineykalarini tizim administratori darajasida bilish;
- Oliy texnik ma’lumot (maqsadga muvofiq);
- Ingliz tilini texnik hujjatlarni o’qish darajasida bilish;
- Tez o’qib-o’rganish qobiliyati, tahliliy fikrlash;
- Yaxshi kommunikativ (fikr almashish) malakalari va mijozlar bilan so’zlashish tajribasi (kompaniya ichida ham, tashqi mijozlar bilan ham), jamoada ishlash mahorati;
- Belgilangan maqsadlarga erishish va natija uchun ishlash mahorati;
- Vendordan sertifikatlar mavjudligi ustuvorlik hisoblanadi;
- Yangi axborot texnologiyalariga qiziqish va ushbu sohada rivojlanish xohish-istagi.
Agar biz bir-birimizga to’g’ri kelsak – Sizni quyidagilar kutadi:
- Kompaniyada xodimlarga adekvat munosabat va ishonchli moliyalash bilan ishlash, ahil jamoa;
- Kasbiy va shaxsiy rivojlanish darajasini oshirish imkoniyati;
- O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan rasmiylashtirish;
- Ish jadvali 5/2;
- Shahar markazida ofis.