+998 78 147 00 37

Nima bilan shug’ullanadi?:

  • Joriy IT-infratuzilmasini boshqarish, qo’llab-quvvatlash va optimallash; 
  • Windows Server (2003/2008/2012/latest, AD, DNS, DHSP) tizimlarini boshqarish; 
  • Kompaniya IT-infratuzilmasidagi muammolarni (noxush hodisalarni) aniqlash va hal qilish; 
  • Axborotdan zaxira nusxa ko’chirish tizimini boshqarish (Windows Backup, Veeam va Opensource); 
  • Virtualizasiya tizimlarini boshqarish (VMware, Proxmox, Opensource); 
  • HPE, Lenovo, Dell, IBM server uskunalarini o’rnatish va sozlash; 
  • Buyurtmachilar vakillari bilan texnik masalalar bo’yicha muzokaralar olib borish; 
  • Buyurtmachilar tomonida loyiha ishlarini bajarish; 
  • Yakka tartibda rivojlanish rejasiga asosan yangi axborot texnologiyalarini, mahsulotlarini, qarorlarini o’rganish va o’zlashtirish (imtihonlar, vebinarlar, seminarlar va h.k.). 

Bizga qanday kasbiy malakalar muhim?: 

  • Texnik qo’llab-quvvatlashda ish tajribasi (maqsadga muvofiq); 
  • Tarmoq texnologiyalari bo’yicha asosiy tushuncha; 
  • Windows/Linux lineykalarini tizim administratori darajasida bilish; 
  • Oliy texnik ma’lumot (maqsadga muvofiq); 
  • Ingliz tilini texnik hujjatlarni o’qish darajasida bilish; 
  • Tez o’qib-o’rganish qobiliyati, tahliliy fikrlash; 
  • Yaxshi kommunikativ (fikr almashish) malakalari va mijozlar bilan so’zlashish tajribasi (kompaniya ichida ham, tashqi mijozlar bilan ham), jamoada ishlash mahorati; 
  • Belgilangan maqsadlarga erishish va natija uchun ishlash mahorati; 
  • Vendordan sertifikatlar mavjudligi ustuvorlik hisoblanadi; 
  • Yangi axborot texnologiyalariga qiziqish va ushbu sohada rivojlanish xohish-istagi. 

Agar biz bir-birimizga to’g’ri kelsak – Sizni quyidagilar kutadi: 

  • Kompaniyada xodimlarga adekvat munosabat va ishonchli moliyalash bilan ishlash, ahil jamoa; 
  • Kasbiy va shaxsiy rivojlanish darajasini oshirish imkoniyati; 
  • O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan rasmiylashtirish; 
  • Ish jadvali 5/2; 
  • Shahar markazida ofis.